
Ronaldu gol urgan o‘yinda MYu mag‘lub bo‘ldi (video)
UEFA Chempionlar ligasi "F" guruhi 1-turida “Manchester Yunayted” safarda “Yang Boyz” klubi mehmoni bo‘ldi.
Qiziqarli kechgan bahs kutilmaganda “qizil iblislar”ning 2:1 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Shu kuni mezbonlarga g‘alaba keltirgan gollarga Nikolas Ngalameu (66') va Teozon Sebatsho (90+5') mualliflik qilgan bo‘lsa, MYuning yagona golini Krishtianu Ronaldu (13') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar