
Ronaldu faoliyatini qaerda davom ettirishi hal bo‘ldi
40 yoshni qarshi olgan Krishtianu Ronaldu hali futbolchilik faoliyatini yakunlamaydi va to‘p tepishda davom etadi.
Taniqlik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, portugaliyalik yulduz “An-Nasr” bilan amaldagi shartnomasini yana bir yilga uzaytirib, klubda 2026 yilning yozigacha qoladigan bo‘ldi.
Tomonlar kelishuvning barcha shartnomalari bo‘yicha bir to‘xtamga kelgan va shartnoma imzolangani tez orada rasman e’lon qilinishi kutilyapti.
Ayni paytda Krishtianu Ronaldu jahon futbolida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. Uning hisobida jami 924 ta gol bor. Shulardan 789 tasi klublar miqyosida va 135 tasi Portugaliya milliy terma jamoasida kiritilgan.
Besh karra “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan Krishtianu Ronaldu o‘z oldiga urgan gollari sonini 1000 taga etkazish maqsadini qo‘yganini bir necha bor ta’kidlagan edi.
Fikrlar