Ronaldu bu liga kuchli beshlikka qo‘shilishini ta’kidladi

  • 1 iyun, 2023, 19:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Faoliyatini “An-nasr”da davom ettirayotgan Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati dunyoda eng kuchli ligalar qatoriga qo‘shilini aytdi.

Tecno

- Saudiya Arabistoni ligasi tobora kuchayib bormoqda. Keyingi mavsum bundanda yaxshi bo‘ladi. Bosqichma-bosqich bu liga dunyoning eng kuchli besh chempionati qatoriga qo‘shiladi.

Bunga vaqt, kuchli o‘yinchilar va infratuzilma kerak. Biroq, men bu mamlakatning salohiyati yuqori ekaniga ishonaman. Liga ajoyib darajaga ko‘tariladi, - dedi Krishtianu Ronaldu.

Portugaliyalik yulduz yil boshidan beri “An-Nasr” sharafini himoya qilmoqda. Uning shartnomasi 2025 yilgacha imzolangan. Saudiyaliklar Ronaldu transferini uddalaganidan keyin Evropadan mashhur futbolchilarni olib kelishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Xususan, saudiyaliklar PSJ bilan shartnomasi yakunlanayotgan Lionel Messi transferi uchun pulni ayamasligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!