
Ronaldu, sening ajoyib hikoyangga yakun yasash payti keldi
PSJ sobiq futbolchisi Jan-Mishel Larke portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi qiyin bosqich haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 37 yoshli hujumchi "Manchester Yunayted" zahira o‘rindig‘ida ko‘p qolib ketmoqda va o‘ziga yangi jamoa topa olmayapti.
"Ushbu hikoyani tugatish vaqti keldi. Ronaldu butsalarini mixga ilish qarorini kechiktirmasligi kerak. Uning so‘nggi mavsumlarini hech kim eslamaydi deb o‘ylayman. Faqat uning ajoyib daqiqalari esda qoladi. Krishtianu, tugatish vaqti keldi", - deydi Larke.
Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Ronaldu Angliya Premer ligasining to‘rtta o‘yinida maydonga tushib, hech qanday foydali harakatlar amalga oshirmadi.
Fikrlar