
Ronaldo "Oltin to‘p" uchun kimga ovoz beradi?
Braziliyalik afsonaviy hujumchi Ronaldo bu yilgi "Oltin to‘p" sovriniga “Real”ning frantsiyalik to‘purari Karim Benzema munosib, deb hisoblamoqda.
"Oltin to‘p" uchun mening favoritim Benzema hisoblanadi. Karim so‘nggi 10 yil davomida haqiqiy yirtqichga aylandi, eng muhimi, u chempion. Sizningcha ham shunday emasmi?" – deb yozdi Ronaldo o‘z instagram sahifasida.
33 yoshli Benzema joriy mavsum "Real" safida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 10 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “Qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar