
Ronaldo eng zo‘r to‘rt futbolchini tanladi. Ikkisi hamon maydonda
Braziliya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan Ronaldo futbol tarixidagi eng kuchli to‘rt fulbolchi nomini tilga oldi.
- Men uchun eng kuchli futbolchilar ro‘yxatining eng yuqori pog‘onasida Pele, Maradona, Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu turadi. Ular futbol tarixida eng zo‘rlari, - dedi Ronaldo.
Shuningdek, braziliyalik futbolchi “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh, “Real” vingeri Eden Azar, PSJ forvardlari Neymar va Kilian Mbappe faoliyatini ham kuzatib borishini ma’lum qildi.
Fikrlar