Ronaldo: Barcha onalardan uzr so‘rayman

  • 30 mart, 2021, 17:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik afsonaviy hujumchi Ronaldo 2002 yilga mundial paytidagi original soch turmagi uchun uzr so‘radi.

Tecno

“Bu dahshatli edi! Farzandlari men kabi bir xil soch qo‘ygan barcha onalardan uzr so‘ramoqchiman. Men jarohat olgan edim va Braziliya ommaviy axborot vositalari bilan gaplashishni istamadim. Shuning uchun men ushbu soch turmagini qildim. Jamoadoshlarimdan bu soch turmagi sizga yoqadimi deb so‘radim. Ular dahshatli deb javob berishdi! Ammo jurnalistlar chalg‘ib qolishdi va men uchun eng muhimi bo‘lgan jarohatni unutishdi”, - dedi Ronaldo.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldo 2000 yilning bahorida tizzasidan jidiy jarohat oldi va operatsiya qilindi. Uning tiklanishi uchun naqd 1,5 yil muddat ketdi. Ammo bu Ronaldoga 2002 yilgi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishga to‘sqinlik qilmadi. U o‘sha mundialda 8 ta gol urdi va jamoasining chempion bo‘lishiga munosib hissa qo‘shdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!