Ronaldino eng zo‘r futbolchi kimligini aytdi. U Messi ham, Ronaldu ham emas!

  • 17 fevral, 15:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik yulduz Ronaldino jahon futboli tarixida o‘zi eng zo‘r o‘yinchi, deb bilgan charm to‘p ustasi nomini aytdi.

Tecno

Ronaldinoning aytishicha, jahonda Peledan kuchli futbolchi bo‘lmagan. Braziliyalik yulduz uch marotaba jahon chempioni bo‘lgan yagona o‘yinchi hisoblanadi.

“Santos” vakili Braziliya terma jamoasi safida 92 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasiga 77 ta gol urgan. Uning xalqaro miqyosdagi to‘purarlik rekordi uzoq vaqt saqlanib turdi.

Braziliyalik futbolchilar orasida faqatgina Neymar terma jamoada Peledan ko‘p to‘p kiritgan. Neymarning hisobila 128 ta uchrashuvda urilgan 79 ta gol bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!