"Roma" yozda erkin agentga aylanadigan "Ayntraxt" futbolchisi uchun kurashda favoritga aylandi

  • 19 aprel, 2023, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabar qilinishicha, “Roma” Frankfurtning “Ayntraxt” klubi himoyachisi Evan Ndika bilan muzokaralar olib bormoqda, chunki u tez orada erkin agentga aylanadi.

Tecno

23 yoshli frantsiyalik futbolchi uzoq vaqtdan beri “bo‘rilar”ning transfer maqsadi bo‘lib kelgan. Ammo unga hozirda Premer-liga va La Liga klublaridan ham qiziqishlar mavjud.

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, "Roma" Ndikaga yiliga 2,5 million evro maoshlik uzoq muddatli shartnoma taklif qilgan. Shu tariqa rimlkilar ushbu markaziy himoyachi uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Evan Ndika joriy mavsum "Ayntraxt" safida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushib 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!