
"Roma" hujumchisi "Milan"ga transferi kundan kunga oydinlashmoqda
Italiyaning Sky nashri xabariga ko‘ra, Temi Abraham yozda "Roma"dan "Milan"ga o‘tishga tayyor.
"Chelsi"ning sobiq hujumchisi "Milan"ning yangi bosh murabbiyi Paulo Fonsekaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Milanliklar 26 yoshli futbolchi uchun hozircha aloqaga chiqmagan.
Abraham 2023 yil iyun oyida OChLda jarohat olgan va faqat aprel oyida safga qaytgan. Rimliklar "Jirona"ning forvardi va o‘tgan mavsum La Liga to‘purari Ukrayinalik o‘yinchisi Atryum Dovbikni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqun turibdi. Shu sababli, Abrahamga jamoani tark etish uchun eshik ochilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Temmi Abraham "Roma" safida 119 ta uchrashuvda ishtirok etib, 39 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar