
"Roma" ham Konte uchun kurashga qo‘shildi
"Chelsi" va "Yuventus" klublari, shuningdek, Italiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte "Roma"da ish boshlashi mumkin. Bu haqda La Repubblica nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra tomonlar allaqachon o‘zaro hamkorlik masalasida muzokaralar o‘tkazishgan. Ta’kidlash kerakki, 49 yoshli italiyalik mutaxassisga shuningdek "Inter" ham da’vogarlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “bo‘rilar” mavsum o‘rtasida Eusebio Di Francheskoni iste’foga chiqarishgan edi. Ayni damda "Roma"ni Klaudio Raneri boshqarmoqda. Uning shartnomasi esa mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar