"Roma" futbolchisiga "Lion" jiddiy qiziqib qoldi

  • 10 iyun, 2022, 10:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” klubi va Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Jordan Veretu faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin.

Tecno

L'Equipe nashrining xabar berishicha, 29 yoshli futbolchiga “Lion” jiddiy qiziqish bildira boshlagan. O‘z navbatida Rim klubi agar 10 million evrodan yuqori taklif bildirilsa, ushbu futbolchini sotishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Veretu o‘tgan mavsum “Roma” safida jami 38 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urdi. “Bo‘rilar” A Seriyada mavsumni 6-o‘rinda yakunlashdi va yangi mavsumda Evropa ligasida ishtirok etadigan bo‘ldi.

“Lion” esa Frantsiya chempionatida 8-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!