Rojers "Manchester Yunayted"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlar yolg‘onligi ta’kidladi

  • 25 noyabr, 2021, 16:36
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Brendan Rojers "Manchester Yunayted"ning navbatdagi murabbiyi sifatida ko‘rilayotgan edi, ammo u o‘z ishini o‘zgartirmoqchi emas.

Tecno

Yangi jamoada ishlash haqidagi savolga Rojers shunday javob berdi: "Men bu haqda hech narsa deyolmayman, bu yolg‘on. Mish-mish har doim bo‘ladi va ular aniq bir murabbiy tayinlanmaguncha davom etadi. Hozirgi ishim "Lester" o‘yinchilarining rivojlanishi bilan bog‘liq va men buni ayni paytda ko‘proq qilishim kerak".

"Goal.com" xabariga ko‘ra, PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Sulsher o‘rnini egallash uchun eng yaxshi variantdir. Buni Pochettinoning o‘zi xohlaydi, ammo Parij klubi argentinalik murabbiyni mavsum o‘rtasida yo‘qotishni istamayapti va "Yunayted"ning dastlabki so‘rovini rad etdi.

Maykl Kerrik hozirda vaqtinchalik bosh murabbiy bo‘lib turibdi. Uning boshqaruvida "qizil iblislar" seshanba kuni Chempionlar Ligasida "Vilyarreal"ga qarshi bahsda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!