Rodrigoning transferi barbod bo‘ldi

  • 15 iyun, 13:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning universal hujumchisi Rodrigo Goesning Madriddagi kelajagi mavsum bo‘lib turgani uchun ayrim grand klublar braziliyalik futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda.

Tecno

Xususan,Angliya Premer-ligasi chempionligiga erisha olmayotgan “Arsenal” ana shu maqsadga erishish uchun Rodrigoni olishga urinib ko‘rdi.

Football Insider nashrining ma’lum qilishicha, Rodrigoning o‘zi bu yoz “Arsenal”ga o‘tishni istamagan. Braziliyalik futbolchi avvaliga yangi bosh murabbiy Xabi Alonsoning ishonchini qozonish uchun asosiy tarkibga kirishga harakat qilib ko‘rmoqchi.

Rodrigo o‘tgan mavsum Karlo Anchelotti tomonidan o‘ziga ajratilgan o‘yin vaqtidan norozi bo‘ldi. U jami 51 ta uchrashuvda qatnashib, 14 ta gol va 10 ta assist qayd etdi.

Rodrigo “Real”ga Jud Bellingem va Kilian Mbappe olib kelinganidan keyin unga asosiy rollar berilmayapti va futbolchi ikkinchi planga o‘tib qoldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!