Rodri: "Laminda hamma narsa juda aniq va uning atrofida yaxshi maslahat beradigan odamlar bor"

  • 6 sentabr, 21:21
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rodri Lamin Yamalga bergan maslahati haqida so‘zlab berdi.

"Evro-2024" finalida Ispaniya Angliyani (2:1) hisobida mag‘lub etgan, o‘yindan so‘ng Rodri Yamalga shunday murojaat qilgandi: "Mehnat qilishda davom et, shunda xohlagan narsangga erishasan".

Tecno

- Men unga shunday dedim. Kameralar buni yozib olishini xohlamasdim, lekin men unga aynan shuni tilayman - u o‘z iste’dodini jamoa va futbol rivojiga yo‘naltirsin.

Biz katta iste’dodga ega bo‘lgan, ammo oxir-oqibat yo‘qolib ketgan ko‘plab futbolchilarni ko‘rganmiz. Laminda hamma narsa juda aniq va uning atrofida yaxshi maslahat beradigan odamlar bor. Men uni baxtli, yuzida tabassum bilan ko‘ryapman va u rivojlanishda davom etsin, sababi bu mamlakat uchun muvaffaqiyat belgisi bo‘ladi, - dedi "Manchester Siti" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!