
Roberto Martines Belgiya terma jamoasi bilan shartnomani uzaytirdi
Ispaniyalik mutaxassis Roberto Martines Belgiya terma jamoasini boshqarishda davom etadi.
The Independent nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 46 yoshli murabbiy belgiyaliklar bilan 2022 yilning oxirigacha tuzilgan shartnomaga imzo chekkan. Shu tariqa u Belgiyani Qatarda bo‘ladigan mundialga o‘zi olib boradigan bo‘ldi. Biroq, hozircha mamlakat futbol federatsiyasi ushbu xabarni tasdiqlagani yo‘q.
Martinesning avvalgi shartnomasi “Evro-2020”dan so‘ng o‘z nihoyasiga etar edi. Ammo, turnir koronavirus tufayli 2021 yilga qoldirildi. Qayd etish lozimki, Belgiya terma jamoasi ayni damda FIFA reytingida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar