Robben yana faoliyatini yakunlashi mumkin

  • 7 fevral, 2021, 11:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Groningen" klubi yarim himoyachisi Aren Robben yana bir marta faoliyatini yakunlashi mumkin. Gap shundaki, 37 yoshli gollandiyalik futbolchi jarohati sabab, 2020 yilning oktyabr oyidan buyon maydonga tushmayapti.

Tecno

“Men qo‘limdan kelganicha harakat qilaman. Agar oxir-oqibat kerakli natijaga erisha olmasam, u bilan murosaga kelishimga to‘g‘ri keladi, ammo bu juda qiyin. Ishlar yomon ketmoqda, bu ko‘ngilni xira qiladi.

Ma’lum muddat bir jarohat yaxshilanadi, ammo ikkinchisi bezovta qila boshlaydi. Endi hammasi juda qiyin va men vaziyat yana yaxshilanishiga umid borligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.

Bu juda qiyin qaror. Men boshida o‘zimga o‘zim aytgan edim: "Men qo‘limdan kelganicha hamma narsani qilaman, lekin bu ish berishini bilmayman". Hozircha u ishlamayapti shekilli. Biroq, "taslim bo‘lish" so‘zi mening lug‘atimda yo‘q”, - dedi Robben.

Aren Robben 2020 yilning yozida yana katta futbolga qaytgan edi. Ammo u o‘tgan davr mobaynida bor yo‘g‘i 2 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!