
Riberi "Bavariya"ga bir necha maslahatlar berdi
Frantsiya termasi va "Bavariya"ning sobiq yulduzi Frank Riberi myunxenliklar ishtirok etadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati – 2025 guruhini baholadi:
"Bu oson guruh emas. Albatta, "Bavariya" — favorit, ammo bu tarkib Chempionlar ligasi guruh bosqichiga o‘xshaydi — bunday o‘yinlarda engil raqib bo‘lmaydi. Agar maydonga to‘liq diqqat bilan chiqmasang, jiddiy muammolarga duch kelishing mumkin" — deya Riberining so‘zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" guruhda quyidagi raqiblarga qarshi o‘ynaydi: "Oklend Siti" (Yangi Zelandiya), "Boka Xuniors" (Argentina) va "Benfika" (Portugaliya). Kompani boshchiligidagi klub bugun o‘z yurishini boshlaydi. Ushbu bellashuv 21:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar