
Reshford nimadan umid qilmoqda?
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford klubdagi holatidan norozi, deya xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaning xabariga ko‘ra, angliyalik futbolchining fikricha, u mankunianliklar safida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayapti. Biroq shu bilan birga ketish haqida ham o‘ylamayapti. Reshford Erik ten xag jamoaga kelishi bilan vaziyat o‘zgarishiga umid qilmoqda.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli Reshford joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar