
Reshford nihoyat o‘ziga jamoa tanladi
“Manchester Yunayted” bilan xayrlashishi kutilayotgan Markus Reshfordning xaridorlari safi kengayib bormoqda.
27 yoshli to‘purarning o‘zi esa, Ispaniya chempionatiga yo‘l olib, “Barselona”da to‘p tepishga moyillik bildiryapti.
Reshfordga Saudiya Arabistoni va AQSh klublaridan takliflar kelayotganiga qaramay, o‘yinchining o‘zi Evropada qoladigan bo‘lyapti.
Transferlar bo‘yicha ekspertlarning ta’kidlashicha, “Barselona” Markus Reshfordni ayni paytda o‘z safiga qo‘shib ololmaydi. Chunki Kataloniya klubi moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan va hozirgi tarkibdagi ayrim o‘yinchilarini La Liga ro‘yxatidan o‘tkaza olmayapti.
Fikrlar