Reshford "Manchester Yunayted"ning maqsadini aytdi

  • 7 yanvar, 2023, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya kubogi 1/32 finali doirasida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Everton"ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yindagi uchinchi gol muallifi Markus Reshford o‘z o‘yini va jamoaning umumiy muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi.

Tecno

“Kubokda yaxshi ishtirok etish har doim yoqimli, bu alohida musobaqa. Jamoaning oldinga qadam tashlayotgani quvonarli, bu sur’atni yanada oshirish va g‘alaba qozonish muhim. Maqsadimiz - sovrin yutish, buning uchun biz ko‘p mehnat qilamiz”, - dedi Reshford.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!