Reshford, “Barsa”da qolmoqchi bo‘lsang, tuzukroq o‘yna!

  • 7 sentabr, 08:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” yozgi transferlar davrida “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshfordni o‘z safiga qo‘shib olgan edi.

Tecno

Chempionatning startidayoq angliyalik futbolchining harakatlari bosh murabbiy Xans-Diter Flik e’tirozlariga sabab bo‘ldi. 27 yoshli hujumchi La Liganing  dastlabki uchta turidan ikkitasida asosiy tarkibga kira olmadi.

Transfer News Live va El Nacional kabi manbalarning ma’lum qilishicha, germaniyalik bosh murabbiy bu holatga darrov reaktsiya qildi. Flik Reshfordni ogohlantirib, agar o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istasa, tezroq jismoniy holatini talab darajasiga olib chiqishi lozimligini uqtirdi.

Oxirgi bir necha mavsum davomida Markus Reshford kutilgan darajada o‘yin namoyish qila olmayotgani uchun ham “Manchester Yunayted” asosiy tarkibidagi joyini boy bergan edi. Manchesterliklar o‘tgan mavsumda klub tarbiyalanuvchisi “Aston Villa”ga ijaraga jo‘natdi. Bu gal esa, Markus bir mavsumga Kataloniya superklubiga yuborildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!