"Red Bull" poygachisi bilan xayrlashdi va uning o‘rnini kim egallashini e’lon qildi

  • 19 dekabr, 2024, 17:12
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto
CHERY AUTO

"Formula-1" 2023 yilgi Konstruktorlar kubogi sohibi "Red Bull Racing" Serxio Peres bilan xayrlashdi. Ikkila tomon o‘zaro kelishgan holatda 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani bekor qilishdi.

Tecno

"Qizil buqalar" Peres ketganini e’lon qilgach, uning o‘rnini "Racing Bulls" piloti Liam Louson egallaganini ma’lum qilishdi. 22 yoshli Louson o‘zining debyut mavsumida 6 ta poyga o‘tkazib, 4 ochko to‘plashga erishdi.

Meksikalik poygachi 14 yillik faoliyatida 283 ta poygada ishtirok etib, 6 marta marraga birinchi kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!