
"Real"ning sobiq futbolchisi Anchelottining jamoadagi faoliyatiga shubha qilmoqda
"Real"ning sobiq futbolchisi Predrag Miyatovich "qirollik klubi"ning so‘nggi o‘yinlardagi muvaffaqiyatsizliklari haqida gapirdi. Xabaringiz bor, Karlo Anchelotti shogirdlari o‘z maydonida ketma-ket 2 ta o‘yinda - “Barselona” (0:4) va “Milan”ga (1:3) mag‘lub bo‘ldi.
"Men jamoa Anchelotti nazoratidan chiqib ketganini his qilyapman. "Milan"ga qarshi o‘yinda u jamoani qaerga olib borishni va qanday munosabatda bo‘lishni bilmay qoldi. Ikki-uch ajoyib mavsumdan so‘ng jamoa biroz bo‘shashdi. Echimlar? Bunga echim oz. Anchelotti vaziyatni qayta tiklab, bu mag‘lubiyatlarga munosib javob bera oladimi va futbolchilarni qayta ruhlantira oladimi? Ochig‘i, bilmayman”, - dedi Miyatovich Cadena SER telekanalidagi El Karrusel dasturida.
“Real” ayni damda Ispaniya La Ligasi musobaqa jadvalida "Barselona"dan so‘ng ikkinchi o‘rinda bormoqda. Madrid grandi o‘zining navbatdagi uchrashuvini 9 noyabr, shanba kuni o‘z maydonida “Osasuna”ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.
Fikrlar