"Real"ning 4 nafar futbolchisi diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

  • 3 aprel, 17:54
  • Jahongir Inomjonov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA rahbariyati Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvidan so‘ng "Real Madrid"ning bir nechta futbolchisi xatti-harakatlarini baholash maqsadida tekshiruv o‘tkazadi. O‘yin "Real"ning penaltilar seriyasidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

G‘alabani nishonlash chog‘ida ayrim futbolchilar haqoratli deb baholanishi mumkin bo‘lgan imo-ishoralar qilgan. Bu haqda "Marca" nashri xabar bermoqda. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Kilian Mbappe, Vinisius Junior va Dani Sebalosga moddiy jarimalar hamda shartli ravishda bir o‘yinlik chetlatish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

Antonio Ryudiger esa 8 aprelda bo‘lib o‘tadigan "Arsenal"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak finalining birinchi o‘yinini o‘tkazib yuborish xavfi ostida qolmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
04/04/2025 01:54
Шу йол билан Реални зарарлашяпти.