
“Real”dan futbolchi uchun dahshatli summa so‘rashdi. Transfer barbod bo‘ldi
“Real” mutasaddilari yozgi transferlar oynasi davomida himoya markazidagi kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilmoqda.
Madridliklar bu pozitsiyani yopish uchun “Tottenxem” markaziy himoyachisi Kristian Romeroni olmoqchi bo‘ldi.
Jurnalist Pol O'Kifining xabar berishicha, London klubi prezidenti Daniel Levi argentinalik jahon chempioni uchun “Qirollik klubi” vakillaridan 150 ming funt sterling (175 million evro) talab qildi.
Qizig‘i shundaki, Transfermarkt portali ekspertlari 26 yoshli futbolchini uch baravar arzon – 65 million evroga baholagan.
Xullas, madridliklar “Tottenxem”dan qaytib bu futbolchini so‘ramaydigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ilgari “Real” mutasaddilari “Tottenxem” bilan transferlar masalasida yaxshi hamkorlik qilgan va Garet Beyl hamda Luka Modrich kabi yulduzlarini aynan “shporlar”dan olgan edi.
Fikrlar