
“Real” Zidanning 10 million evrolik qarzini “unutdi”
“Real” xo‘jayini Florentino Peres muddatidan oldin lavozimini topshirgan Zinedin Zidandan 10 million evrolik kompensatsiyani talab qilmaydigan bo‘ldi.
Tomonlar kelishuviga ko‘ra, amaldagi shartnoma muddatidan oldin bekor qilinsa, tashabbuskor tomon 10 million evro to‘lashi belgilab qo‘yilgan. Ma’lumki, Zidanning o‘zi hamkorlikni to‘xtatishga qaror qilgandi.
Zidan “Real”dan ketganidan keyin klub rahbariyatini o‘ziga etarli darajada ishonch bildirmagani uchun tanqid qilgandi. Garchi Peresga uning bu ayblovlari yoqmagan bo‘lsa-da, kompensatsiya pulidan voz kechishni ma’qul ko‘rdi.
“Real”da Zidandan qolgan lavozimni Karlo Anchelotti egalladi.
Fikrlar