"Real" yulduzi grandlar nishonida!

  • 18 dekabr, 2020, 11:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Marko Asensio qishki transfer vaqtida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

"Todofichajes" nashrining xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi xizmatiga "Liverpul" va PSJ jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Madrid klubi yangi transferlarni amalga oshirish uchun Asensioni sotib yuborishga tayyor. Transfermarkt portali 24 yoshli havbekni 40 million evroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Asensio joriy mavsum "Qirollik klubi" safida 16ta o‘yinda maydonga tushgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!