“Real” yangi o‘yinchi topdi

  • 21 fevral, 08:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” joriy mavsum himoya chizig‘ida kuzatilgan muammolarni bartaraf etish uchun yozda bu pozitsiyaga yangi ijrochilarni olishni mo‘ljallamoqda.

Tecno

Daily Mail nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” mavsum yakunlanishi bilan “Everton” himoyachisi Jerred Brentueytni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Manbaga ko‘ra, madridliklar bir necha grand klub nishonida turgan 22 yoshli futbolchi uchun 75 million funt miqdorida badal puli taklif qilishni mo‘ljallayapti.

Jerred “Karlayl” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Everton” uni 2020 yili bir million evroga transfer qilgan. Iste’dodli markaziy himoyachi faoliyati davomida ijara asosida “Blekbern” va “PSV Eyndxoven” klublarida ham o‘ynagan.

Transfermarkt portali “Everton” bilan 2027 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchini 42 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!