"Real" Xoland uchun kurash boshladi

  • 25 fevral, 2020, 15:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xoland "Real" Madridning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

The Sun nashri tarqatgan xabarga qaraganda “qirollik klubi” 19 yoshli norvegiyalik futbolchi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida qo‘lga kiritishga urunib ko‘rmoqchi. Madridliklar xatto buning uchun PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olish fikridan ham qaytishgan.

Ma’lumot uchun, Xoland “Borussiya” safiga yanvarda "Red Bull Zaltsburg" klubidan ko‘chib o‘tdi. U o‘tgan bir oy davomida 8 ta o‘yinda ishtirok etdi va raqiblari darvozasiga 12 ta gol urishga erishdi. Uning transfer narxi esa 60 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!