“Real” superhujumchi uchun katta summaga qo‘shib futbolchi ham beradi

  • 22 mart, 2023, 18:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyada to‘purarlik qilayotgan Viktor Osimxen kelasi mavsumni Ispaniya chempionatida boshlashi mumkin.

Tecno

“Napoli”ning nigeriyalik hujumchi uchun kurashga “Real” klubi ham qo‘shildi. Madridliklar 24 yoshli futbolchini sport formasini ushlab tura olmayotgan 35 yoshli Karim Benzemaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

“Qirollik klubi” bu to‘purar uchun neapolliklarga 80 million evro va himoyachi Nacho Fernandesni qo‘shib bermoqchi.

Osimxen “Napoli”da 2020 yildan beri to‘p tepyapiti. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha tuzilgan. Lekin italiyaliklar uni uzoqroq ushlab qolish yoki qimmatroq sotish maqsadida yangi shartnoma taklif qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!