
“Real” “Roma”dan hujumchi sotib oladi
“Real” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi o‘yinchi oladi.
Forza Roma saytining ma’lum qilishicha, madridliklar nishoniga “Roma” hujumchisi Paulo Dibala tushdi.
Manbaning ta’kidlashicha, madridliklar argentinalik jahon chempionini 20 million evroga sotib olish imkoniyatidan foydalanmoqchi.
29 yoshli futbolchi Rimga kelganidan keyin Joze Mourino jamoasining haqiqiy etakchisiga aylandi. Joriy mavsumda u o‘z hisobiga 13 ta gol va 8 ta assist rasmiylashtirdi.
Dibalaning shartnomasi 2025 yilgacha tuzilgan bo‘lsa-da, mashhur hujuchi “Real”dek buyuk klubda o‘ynash imkoniyatini qo‘ldan chiqarmasligi aytilmoqda.
Fikrlar