“Real” o‘z futbolchisini 100 million evroga sotmadi

  • 20 avgust, 2024, 16:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bugungi kunda eng kuchli tarkibga ega jamoa hisoblanadi. “Qirollik klubi” o‘yinchilarini turli klublar o‘z safiga og‘dirib olishga harakat qilmoqda.

Tecno

Saudiya Arabistoni klublaridan biri madridliklarning braziliyalik himoyachisi Eder Militao uchun 100 million evro taklif qildi.

Militao o‘tgan mavsumning katta qismini jarohat tufayli o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, bosh murabbiy Karlo Anchelottining undan umidi katta.

“Qirollik klubi” 26 yoshli himoyachini jamoaning asosiy figuralaridan biri sifatida tan olgani uchun ham saudiyaliklarning mo‘may daromadli taklifini rad etdi.

Avvalroq, Saudiya Arabistoni shayxlari Vinisius Junior transferi uchun 1 milliard evro sarflashga tayyorligini bildirgan, hujumchining o‘ziga yiloik 350 million evro maosh taklif qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!