
“Real” mashhur futbolchini transferga ko‘ndirdi
“Real” kelasi yoz himoya chizig‘ini kuchaytirishga qaror qilgan. Klub mutasaddilari hozirdan bu pozitsiyaga nomzodlar bilan kelishib qo‘yishga harakat qilmoqja.
TodoFichajes nashrining ma’lum qilishicha, madridliklar “Liverpul” qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni hamkorlikka ko‘ndirgan.
25 yoshli futbolchi yozda erkin agentga aylanadi. “Liverpul”ning yangi bosh murabbiyi Arne Slot angliyalik himoyachiga u qadar jiddiy ishonch bildirayotgani yo‘q. Shu sabab, Trent “qizillar” bilan hamkorlikni uzaytirmasligi ehtimoli yuqori.
“Qirollik klubi” Trentni yoshi o‘tib qolayotgan Dani Karvaxalga o‘rinbosar sifatida olib kelmoqchi. “Liverpul” o‘yinchisi himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, o‘ng qanot bo‘ylab hujum qilishni ham yoqtiradi. Madridliklarga aynan butun qanotni to‘liq yopa oladigan futbolchi kerak.
Fikrlar