"Real" markaziy himoyani mustahkamlash uchun uch nomzodni aniqladi
- 10-октябр 2025, 01:12
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
"Marca" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Madridning "Real" klubi markaziy himoyachi pozitsiyasi uchun uch nafar nomzodni ko‘rib chiqmoqda. Ular — "Liverpul" futbolchisi Ibraima Konate, "Bavariya" a’zosi Dayo Upamekano va "Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexi.
Ularning joriy klublari bilan tuzilgan shartnomalari bu mavsum oxirida yakunlanadi.
"Qaymoqranglilar" uchun asosiy ustuvor variant — Konateni transfer qilish. Frantsiyalik himoyachi hali "Liverpul" bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishmagan.
Upamekano xizmatlari "Real"ga taklif etilgan bo‘lsa-da, u klub uchun asosiy nomzod sifatida qaralmayapti.
Shuningdek, kelasi yozda "Real" himoyachilari Antonio Ryudiger va David Alabaning shartnomalari ham tugaydi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q