
“Real” hujumchisi ikkita grand klubdan taklif oldi
“Real” frantsiyalik forvard Kilian Mbappening transferini e’lon qilganidan keyin madridliklar hujumchisi Rodrigoning xaridorlari ko‘payib ketdi.
Gap shundaki, Rodrigo va Kilian Mbappe maydonda deyarli bir xil pozitsiyada o‘ynadi. Shu bois, braziliyalik legionerning kelasi mavsumdan o‘yin vaqti kamayishi mumkin.
Grand klublar vaziyatdan foydalanib qolmoqchi. Marca nashrining yozishicha, 23 yoshli hujumchi “Manchester Siti” va PSJdan aniq taklif olgan.
Rodrigoning o‘zi hali Madridni tark etishga shoshilayotgani yo‘q. U asosiy tarkib uchun kurashda Kilian Mbappe bilan raqobat qilishga tayyorligini aytyapti.
Fikrlar