
"Real" EChL oldidan kayfiyatni ancha ko‘tarib oldi
Ispaniya La Ligasi 29-turidan o‘rin olgan "Real" - "Eybar" uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Unda maydon egalari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab. Marko Asensio 41-daqiqada hisobni ochdi. Darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan Marko mo‘ljalda adashmadi. Keyinchalik, "qirollik klub" to‘purari Karim Benzema 73-daqiqada oradagi farqni oshirdi.
Shu tariqa, "qaymoqranglilar" ochkolari sonini 63 taga etkazib olgan holda, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Mehmonda imkoniyatni boy bergan "Eybar" 23 ochko bilan 19-pog‘onani band etgan.
Fikrlar