
“Real” duch kelgan krizisning o‘nta sababi aniqlandi
Ispaniyaning mashhur nashri – Marca ekspertlari mamlakatning amaldagi chempioni “Real” duch kelgan krizisning o‘nta sababini aniqlab chiqdi.
Bu sabablar quyidagilardan iborat:
Asosiy o‘yin sxemasining yo‘qligi;
Toni Kroosning ketgani;
Jud Bellingemning samaradorligi pasaygani;
Kilian Mbappening markaziy hujumchi sifatida samarali o‘ynay olmayotgani;
Raqib darvozasi oldida qulay vaziyatlarning boy berilayotgani;
Himoyadagi o‘yinning sustlashgani;
Himoyachilar etishmovchiligi;
Birorta futbolchi yuqori sport formasida emasligi;
Endrik va Gyuler asosiy hujumchilarga raqobat ko‘rsata olmayotgani;
Raqib jarima maydonchasi atrofida standart vaziyatlardan unumli foydalanish darajasi pastligi.
Bir necha manbalar yuqoridagilarni inobatga olib, “Real” rahbariyati bosh murabbiy Karlo Anchelottining ish uslubiga e’tiroz bildirayotgani haqida yozmoqda.
Fikrlar