
"Real" bunaqa holatga 5-marta tushdi
Madridning “Real” klubi Chempionlar ligasi 1/2 final javob o‘yinida safarda “Manchester Siti”ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (0:4).
Mister Chip nashrining yozishicha, “qirollik klubi” o‘z tarixida evrokuboklarning asosiy bosqichida 5-marta kamida 4 ta gol farqi bilan mag‘lub bo‘lishdi.
2009 yilda "Real" "Liverpul"ga (0:4), 1989 yilda "Milan"ga (0:5), 1980 yilda "Gamburg"ga (1:5), 1965 yilda esa "Benfika"ga (1:5) imkoniyatni boy bergan.
Fikrlar