“Real”: Bu transfer barbod bo‘lsa, boshqa futbolchi bor!

  • 13 iyun, 2024, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” himoya chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda. Madridliklar anchadan beri “Bavariya”ning kanadalik legioneri Alfonso Devisga og‘iz solmoqda.

Tecno

Biroq, ish “Qirollik klubi” kutganchalik oson kechmayapti. Shu bois, madridliklar zaxira varianti bo‘yicha ham ish boshladi.

Agar Alfonso Devisni olish imkoni bo‘lmasa, madridliklar “Milan” va Frantsiya terma jamoasining 26 yoshli himoyachisi Teo Ernandesni transfer qiladi.

Madridliklar 23 yoshli Devisning transferi bo‘yicha uning agentlari bilan bir necha marotaba aloqaga chiqdi. Biroq bu masala cho‘zilib kelmoqda.

Teo Ernandes “Real”ga begona emas. Frantsiyalik himoyachi 2019 yili aynan “Qirollik klubi”dan “Milan”ga transfer qilingan edi. O‘shanda italiyaliklar 22,8 million evro to‘lagan. Endi madridliklar sobiq futbolchini qaytarish uchun bir necha baravar ko‘proq xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!