“Real” “Barsa”ning katta rekordini yo‘qqa chiqqarishga tayyorlanyapti

  • 24 sentabr, 2024, 10:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelotti boshqarayotgan “Real”ning Ispaniya chempionatlaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 38 ta uchrashuvga etdi.

Tecno

Madrid Xtra nashrining ma’lum qilishicha, madridliklar “Barselona”ga tegishli bo‘lgan katta rekordga yaqinlashib qoldi.

Ispaniyada mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord kataloniyaliklarga tegishli bo‘lib, 43 ta uchrashuvni tashkil qiladi. “Barselona” 2017 yilning aprelidan 2018 yilning mayigacha La Ligada biror o‘yinni boy bermagan.

“Real” bu natijani yo‘qqa chiqarish uchun yana oltita o‘yin yutqazmasligi kifoya. Buning uchun Anchelotti shogirdlari “Alaves”, “Atletiko”, “Vilyarreal”, “Selta”, “Barselona” va “Valensiya”dan ochko olsa kifoya.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!