"Real" Alonso borasida shoshilmayapti

  • 22 fevral, 17:40
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabi Alonsoning kelajagiga tez orada oydinlik kiritiladi. 

"Marca" nashri xabariga ko‘ra, "Bayer" bosh murabbiyi va rahbariyat o‘rtasida mart oyida yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Tomonlar ushbu yig‘ilishda hamkorlikni davom ettirish masalasini muhokama qiladi. 

Leverkuzenliklar ispaniyalik mutaxassisga boshqa klublardan ham takliflar bo‘lishini biladi. Shu bilan birga, Alonsoning vakillari murabbiyning kelajagi borasida qanday qaror qabul qilinishidan qat’i nazar hammasi klub bilan kelishilgan holda amalga oshishini istaydi. 

Qayd etilishicha, hozircha "Real" 43 yoshli mutaxassisga taklif bilan chiqmagan. Endi Madrid klubi Karlo Anchelotti qo‘l ostida Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lish uchun kurash olib bormoqchi. 

Alonso 2022 yilda "Bayer"ni qabul qilib olgan va o‘tgan mavsumda jamoa bilan Bundesligada g‘olib chiqqan. Uning nemis klubi bilan shartnomasi 2026 yilga qadar amal qiladi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!