"Real" 10 nafar futbolchisini sotuvga qo‘ydi

  • 7 iyun, 2019, 18:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning  "Real" klubi yangi transferlarni amalga oshirishni moliyalashtirish uchun tarkibdagi 10 nafar futbolchini sotib yubormoqchi.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” darvozabon Keylor Navas, himoyachilar Nacho Fernandes va Teo Ernandes, yarim himoyachilar Xames Rodriges, Mateo Kovachich, Dani Sebalos va Markos Lorente, shuningdek, hujumchilar Garet Beyla, Borxa Mayoral hamda Raul de Tomaslarning xizmatlaridan voz kechmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” shu kungacha joriy transferlar davrida himoyachi Eder Militao, yarim himoyachi Rodrigo Goesh va hujumchi Luka Yovichlarni sotib olish uchun 150 mln evro sarfladi. Ular oldinda bir qator super xaridlarni amalga oshirishni maqsad qilishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!