
Rayola Pogbaga yangi jamoa tanlab berdi
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba mavsum yakunlanishi bilan Angliya premer-ligasini tark etadigan bo‘ldi. Tajribali futbolchi manchesterliklarning yangi shartnoma bo‘yicha takliflarini qabul qilmaydi.
La Gazzetta dello Sport nashri taniqli agent Mino Rayola frantsiyalik charm to‘p ustasiga yangi jamoa tanlab berganini yozmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, 28 yoshli futbolchi yurtiga qaytib, PSJ a’zosiga aylanadi.
Aslida Pol Pogba boshqa variantlarni ma’qul ko‘rayotgan edi. U Ispaniya chempionatiga o‘tib, “Real” va “Barselona”dan birini tanlashi yoki “Yuventus”ga qaytishi mumkin edi. Biroq, bu jamoalar Rayolaga Pogba talab qilayotgan maoshni kafolatlay olmadi.
Anchadan beri Pogbaga xaridor bo‘lgan PSJ xo‘jayinlari esa, o‘z maqsadi yo‘lida pulni ayamasligi hammaga ma’lum.
Fikrlar