Ravshan Irmatov: "Ikkita olimpiyachimiz jamoasi bilan kelishuvga erishdik. Yana uchtasi bilan muzokaralar davom etmoqda"

  • 2 aprel, 2024, 11:30
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘FA rahbariyati hamda Olimpiya terma jamoamiz bosh murabbiyi ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov va termamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze so‘zga chiqib, jurnalistlarning savollariga javob berib o‘tishdi. 

Tecno

Ravshan Irmatov: 

- Assalomu alaykum, hammaga. So‘zimni boshlashdan oldin yigitlarning maqsadga etishishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Hozirda oldinda kutib turgan Osiyo kubogiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. 

Shu paytgacha biz bu uzoq kutilgan turnirga bosqichma-bosqich tayyorlandik. "Olimpik" loyihasi ishlab chiqildi. Olimpiyachilar uchun maxsus sharoitlar yaratib berildi. 

Shuningdek, yoshlarga ishonch bildirilsa, ulardan yaxshi natijalar kutish mumkin ekanligiga ishonch hosil qildik. Ularning muvaffaqiyatlari bizni faqat va faqat xursand qiladi. 

Umid qilamizki, oldindagi muhim turnirda birgalikda harakat qilib, yurtdoshlarimizni va futbol ixlosmandlarining ishonchini oqlaymiz.

Hozirda yosh futbolchilarimizning alohida mavqega ega ekani bizni quvontiradi, albatta. TsSKA, "Lans" kabi jamoalarning yigitlarimizni qo‘yib yuborishni istamayotganini ular uchun tahsinga sazovor. 

Ammo bu kabi musobaqa futbolchilarimiz uchun doim ham bo‘lavermasligi mumkin. To‘g‘ri, klublar FIFA kunlari bo‘lmagani bois ularni qo‘yib yubormaslikka haqqi bor. Buni biz ham to‘g‘ri tushunamiz. Shunga qaramay, jamoa rahbariyatiga ham bu borada o‘z foydamiz uchun tushuntirish olib borishda davom etyapmiz. 

Hozircha, ochiq oshkor etmayman - ikkita olimpiyachimiz jamoasi bilan kelishuvga erishdik. Yana uchtasi bilan muzokaralar davom etmoqda. Umid qilamizki, barchasi biz o‘ylagan darajada bo‘ladi.

Futbol menejerlarining etishmovchiligi bor. Buni hamma juda yaxshi biladi. Sport psixologiyasi, sport menejmenti va shu kabi muhim masalalarda hamon etarli kadrlarimiz yo‘q. Ochig‘ini aytish kerak, yuqori darajadagi mutaxassislar bizda mavjud emas. 

Rossiya, Belarusdan mutaxassislar chaqirdik. Hozirda futbol sohasida psixologlarimiz bo‘lishi mumkin. Ammo ularning asosiy vazifasiga sport psixologiyasi bilan ishlash kirmaydi. Shunga qaramay, bu sohalarni rivojlantirish bo‘yicha ish olib boryapmiz. 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bolelshik
03/04/2024 07:29
Abbos bilan Abduqodir ga ruxsat berilmadi