Ravshan Haydarov Gvatemaladan ustun tomonimizni aytdi

  • 27 may, 2023, 05:02
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Gvatemala bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Termamiz safida Ne’matjonov dubl muallifiga aylandi. 

Bellashuvdan so‘ng termamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va keyingi bosqichga tayyorgarlikni bugundan boshlash kerakligini ta’kidladi: 

- Avvalambor, oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarganimiz uchun yigitlarga rahmat aytmoqchiman. Sababi, keyingi bosqich yo‘llanmasi o‘tgan bellashuvda durang o‘ynaganimiz tufayli mavhumligicha qolayotgandi.

- O‘yin va o‘yinga bo‘lgan munosabat borasida ham Gvatemala termasidan ustun bo‘ldik va bu hisobda ham aks etdi. Albatta, keyingi bosqich o‘yinlari bundan ham shiddatli bo‘ladi. Tayyorgarlikni bugundan boshlaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!