Rasman! Zidanni tanqid qilgan prezident lavozimidan chetlatildi
Frantsiya futbol federatsiyasi (FFF) rahbari lavozimidan chetlatildi.
FFF ijroqo‘mi Noel Le Greni hech bo‘lmaganda federatsiya tekshiruvi natijalari e’lon qilingunga qadar o‘z ishini to‘xtatib turishini ma’lum qildi.
Tashkilot vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Filipp Diallo Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti vazifasini bajaradi.
Eslatib o‘tamiz, Le Gre Zinedin Zidanni tanqid qilgandi. Shuningdek, FFF'ning sobiq xodimlari uni nomaqbul xatti-harakatlarda ayblagan.



Fikrlar