
Rasman! Saud "Roma" futbolchisiga aylandi
Roma saudiyalik himoyachi Saud Abdulhamidni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Bu transferni rimliklar rasmiy sahifasi orqali ma’lum qildi.
"Roma" uchun mazkur xarid 3 million evroga tushdi. Shartnoma esa 2028 yilgacha amal qiladi. Himoyachining o‘rniga "Al-Hilol" Joau Kanseluni sotib oldi.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli Abdulhamid "Al-Ittihod" akademiyasidan chiqqan bo‘lib, 2022 yili erkin agent sifatida Riyod klubiga ko‘chib o‘tgan. Oradan ikki yil o‘tib, u Italiya sari yo‘l oldi.
Fikrlar