
Rasman! "Qo‘qon-1912" gruziyalik legioner bilan shartnoma tuzdi
Yaqinda saytimiz orqali qo‘qonliklar gruziyalik futbolchi Shota Gvazava bilan jiddiy qiziqib qolgani haqida xabar bergandik. Bugun ushbu legioner bilan shartnoma imzolanganligi ma’lum bo‘ldi.
"Ikkinchi yarim yillik oldidan «Qo‘qon-1912» jamoasi ilk transferini amalga oshirdi.
Jamoa tajribali yarim himoyachi, gruziyalik Shota Gvazava bilan shartnoma tuzdi. Futbolchi o‘zbekistonlik muxlislarga «Mash’al»dagi o‘yinlari bilan tanish.
Shuningdek, 31 yoshli futbolchi «Slusk», «Roznava», «Van», «Gavra» kabi jamoalarda harakat qilgan. Yarim himoyachining so‘nggi jamoasi «Gonio» hisoblanadi", - deya xabar bermoqda, klub matbuot xizmati.
Shota Gvazava
Tug‘ilgan yili: 26.10.1992
Ampulasi: Markaziy yarim himoyachi
Fikrlar