
Rasman! Portugaliya milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi e’lon qilindi
Portugaliya milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi e’lon qilindi.
Federatsiya matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Roberto Martines jamoa boshqaruviga keldi. U JChdan keyin iste’foga chiqarilgan Fernandu Santushning o‘rnini egallaydi.
Bungacha Martines Belgiya terma jamoasi ustozi sifatida ishlab kelayotgandi. U Rossiya yashil maydonlari mezbonlik qilgan mundial bronza medali sohibi hisoblanadi.
Fikrlar